Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

01.04.2024 1509

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “L.Sh.” nomli do‘kon sotuvchisi A.Z. tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi modda mavjud bo'lgan, jami 188 dona “Reduksin layt” nomli biologik faol qo'shimchani fuqaro O.S.ga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan jami 1 648 dona kuchli taʼsir qiluvchi vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shu kabi, Departamentning Yakkasaroy, Chilonzor tumani bo‘limlari hamda DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar K.X., Sh.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 543 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xulolasiga ko'ra, Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati